Savdo menejeri
29 Июня 2026
Город:
Коканд
Занятость:
Полная занятость
Компания "ISHONCH KREDIT SAVDO"
SHONCH kompaniyasi jamoasiga natijaga yo‘naltirilgan Savdo menejerini taklif etadi.
Agar siz savdo ko‘rsatkichlarini tahlil qilishni, filiallar faoliyatini muvofiqlashtirishni va savdo jarayonlarini rivojlantirishni yaxshi bilsangiz, sizni jamoamizda kutamiz!
Vazifalaringiz:
- Biriktirilgan filial va hududlarda savdo rejasi, marja hamda asosiy KPI ko‘rsatkichlari bajarilishini nazorat qilish;
- Filiallar faoliyatini har kuni va har hafta monitoring qilish, muammoli nuqtalarni aniqlash;
- Aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha action-plan tayyorlash va ijrosini nazorat qilish;
- Aksiyalar, savdo standartlari, skriptlar, vitrinalar va mijozlarga xizmat ko‘rsatish standartlarining joriy etilishini nazorat qilish;
- Hududiy menejerlar va filial rahbarlari bilan doimiy hamkorlik qilish;
- IT, logistika, marketing, tijorat va BNPL yo‘nalishlari bilan yuzaga kelgan muammolarni muvofiqlashtirish;
- Savdo natijalari bo‘yicha hisobotlar, tahliliy ma'lumotlar va savdoni oshirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
- Zaruratga ko‘ra filiallarga xizmat safarlarini amalga oshirish.
Talablar:
- Oliy yoki o‘rta maxsus ma'lumot;
- Savdo, chakana savdo, filial tarmog‘i, operatsion faoliyat yoki loyiha koordinatsiyasi yo‘nalishida kamida 1 yillik ish tajribasi;
- Savdo KPI, marja, konversiya va o‘rtacha chek ko‘rsatkichlarini tushunish;
- Excel, Word va PowerPoint dasturlarida erkin ishlash;
- Tahliliy fikrlash, hisobotlar bilan ishlash va vazifalarni ustuvorlashtirish ko‘nikmasi;
- Kuchli muloqot, mas'uliyat va tashabbuskorlik;
- Xizmat safarlariga tayyorlik.
ISHONCH kompaniyasida ish tajribasi ustunlik beradi.
Biz taklif qilamiz:
- Rasmiy ishga joylashish;
- 5 kunlik ish haftasi;
- Ish joyi: Qo‘qon shahri, Bosh ofis;
- Zaruratga ko‘ra hududlarga xizmat safarlari;
- Sinov muddati davomida mentorlik va moslashuv dasturi;
- Savdo standartlari, mahsulotlar va biznes jarayonlari bo‘yicha muntazam treninglar;
- KPI natijalariga asoslangan bonus olish imkoniyati;
- Kasbiy va martaba o‘sishi imkoniyati.
Karyera imkoniyatlari:
Muvaffaqiyatli natijalar va KPI ko‘rsatkichlari asosida quyidagi lavozimlarga o‘sish imkoniyati mavjud:
- Katta savdo menejeri;
- Savdo menejerlari guruhi rahbari;
- Hududiy menejer;
- Savdo yo‘nalishi rahbari.
Зарегистрируйтесь или войдите, чтобы открыть контакты работодателя
Прикрепите резюме для отклика
Уже с нами?
Войдите, чтобы отправить резюме
25 Июня
Коканд
от 15 000 000 до 20 000 000 руб.
Компания "TIMSOLL AVTO" Timsoll Avto MCHJ — avto ehtiyot qismlari savdo kompaniyasi. Tovarlarni O'zbekiston bo'ylab shaxobchalar va...
24 Июня
Sotuv menejeri( HAYOT YO'LI EDUCATION )
Самарканд
Компания "HAYOT YO'LI EDUCATION" Обязанности: Avval sotuv menejeri sohasida ishlagan bo'lishi shart CRMni tushunishi...
25 Июня
Sotuv menejeri( MAGNAT ACADEMY )
Ташкент
Компания "MAGNAT ACADEMY" iPost — Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi ishonchli ko‘prik! iPost Cargo — Xitoydan O‘zbekistonga tovarlarni...
06 Июня
Filial menejeri (Jondor tumani)
Бухара
Компания "AIRAN GROUP" Zahratun fast-food tarmog'i kengayishda davom etmoqda. Biz jamoani yangi bosqichga olib chiqa oladigan, yetakchilik...
07 Июня
Карши
Компания "YANGI ASR INOVATSIYA" Сизнинг вазифаларингиз: Мижозлар базасини кенгайтириш Савдо режасини бажариш Дўконлар ва савдо...
Вакансия размещена в отрасли